«River Pleyt» so‘nggi daqiqalarda ikki gol o‘tkazib, Libertadores Kubogi finalida mag‘lub bo‘ldi

Sport 05:07 / 24.11.2019 5633

Libertadores Kubogi finalida Braziliyaning «Flamengo» klubi Argentinaning «River Pleyt» klubini mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv Peru poytaxti Lima shahridagi «Monumental de Ate» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinni Roberto Tobaro boshchiligidagi chililik hakamlar brigadasi boshqardi. 

O‘yinda hisob 14-daqiqadayoq ochildi, argentinaliklar hujumchisi Rafael Borre Ignasio Fernandesning pasini golga aylantirdi. Ammo brazillar o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ikkita gol urib g‘alabani ilib ketishdi, 89-daqiqada Gabriel Barboza Xiorxyana de Arraskayetaning pasidan keyin muvozanatni tikladi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Gabriel Barboza «Flamengo»ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

Transfer huquqi «Inter»ga tegishli bo‘lgan Gabriel Barboza 12 o‘yinda jami 9 gol urib, turnir to‘purari bo‘ldi.

«Flamengo» o‘z tarixida ushbu turnir finalida ikkinchi marta o‘ynadi va ikkinchi marta ham g‘olib bo‘ldi. «River Pleyt» finallarda 11 marta o‘ynagan va faqat 4 marta chempion bo‘lgan.

Libertadores Kubogi
Final
«Flamengo» Braziliya – «River Pleyt» Argentina 2:1
 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 14 Borre, 1:1 – 89 Gabriel Barboza, 2:1 – 90 Gabriel Barboza.
Flamengo – Diyego Alves, Rodrigo Kayo, Mari, Rafinya, Filipe Luis, de Arraskaeta (Piris, 90), Everton Ribeyro, Arao (Vitino, 86), Jyerson (Diyego, 66), Gabriel Barboza, Bruno Enrike.
River Pleyt – Armani, Pinola, Kasko (Dias, 77), Montiyel, Palasios, Martines, Peres, Fernandes (Alvares, 69), de la Krus, Borre (Pratto, 75), Suares.
Ogohlantirishlar: Kasko (30), Suares (45), Mari (54), Peres (71), Rafinya (80), Gabriel Barboza (90).
Chetlatishlar: Palasios (90), Gabriel Barboza (90). 

Ko‘proq yangiliklar: