«Bunyodkor» 3-o‘ringa ko‘tarildi: Superligada 24-turdan keyin turnir jadvalidagi holat

Sport 19:10 / 24.11.2019 18720

«Surxon» Termizda Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasini qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 63-daqiqada Darko Stanoyevich tomonidan urildi. U uzoq masofadan jarima zarbasini ijro etib, to‘pni darvozaga joylashtirib qo‘ydi.

Bu natijadan keyin «Surxon» ochkolari sonini 35taga yetkazdi va turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. «So‘g‘diyona» esa 38 ochko bilan 4-o‘rinni egallagan.

Amaldagi chempion «Lokomotiv» «Andijon» mehmoni bo‘ldi va yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. «Temiryo‘lchilar» safida Jamshid Iskandarov (40), Oston O‘runov (68) va Sardor Mirzayev (70) bittadan gol urishdi, yana bir gol mezbonlar himoyachisi Ildar Mamatkazin (88) nomiga avtogol sifatida yozildi.

Bu natijadan keyin «Lokomotiv» ochkolari sonini 45taga yetkazdi va ikkinchi o‘rinni mustahkamladi. «Andijon» esa 24 ochko to‘plab 11-pog‘onani band qilib turibdi.

24-tur doirasidagi so‘nggi o‘yinda Vadim Abramov boshchiligidagi «Bunyodkor» jamoasi «Navbahor»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi.

Hisobni 9-daqiqada Nurillo To‘xtasinov ochgan bo‘lsa, 34-daqiqada Azizbek Turg‘unboyev jarima zarbasini aniq ijro etish orqali muvozanatni tikladi.

O‘yinning kulminatsion voqeasi 67-daqiqada kuzatildi. Igor Golban o‘z jarima maydonida raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi deya, hisoblagan bosh hakam penalti belgiladi. Xurshid G‘iyosov bundan unumli foydalandi – 2:1.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 39taga yetkazgan «Bunyodkor» turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Navbahor» esa (31 ochko) 8-o‘ringa tushdi.

Superliga. 24-tur. 24 noyabr (yakshanba)

«Surxon» – «Co‘g‘diyona» - 1:0
Gol: Darko Stanoyevich 62.
«Surxon» Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Salomov, Abdulaziz Yuspov (Shoxnazar Norbekov, 71), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A'zam Aliyev, Darko Stanoyevich, Asror G‘ofurov.
«Co‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov (Oybek Nurmatov, 75), Shohruz Norxonov, Jamshid Boltaboyev, Jasur Hasanov (Muhammadanas Hasanov, 82), Daniel Nasriddinov (Izzat Abdullayev, 54), Nikola Milinkovich, Sherzod Fayziyev.

«Andijon» - «Lokomotiv» - 0:4
Gollar: Jamshid Iskanderov 40, Oston Urunov 68, Sardor Mirzayev 70, Ildar Mamatkazin 88 (o‘z dar.).
«Andijon»: Vitaliy Mirniy, Ildar Mamatkazin, Abror Xusinov, Boburjon Akbarov, Ro‘zimboy Ahmedov, Doniyor Ismailov, Qahramon Bahodirov, Xushnudbek Avilov (Davronbek Isoqov, 65), Dilshod Rahmatullayev (Baxtiyor Qosimov, 63), Farhod Bekmuratov, Shahzod Ubaydullayev,
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Oston Urunov, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Smit Medina, 87), Arslanmirat Amanov (Ibrohim G‘anixonov, 78), Diyor Turopov, Sardor Mirzayev. 

«Bunyodkor» – «Navbahor» - 2:1
Gollar:
 Nurillo To‘xtasinov 9, Xurshid G‘iyosov, 67 (pen.) - Azizbek Turg‘unboyev 34.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Shohruh Gadoyev, Sanjar Rixsiboyev (Jasur Jaloliddinov 49, Vladislav Nuriyev, 90+3), Xurshid G‘iyosov (Sanjar Tursunov, 71).
«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, G‘iyosjon Komilov, Abbosjon G‘ulomov (Aziz Ibragimov, 62), Nodir Mavlonov, Amirbek Jo‘raboyev (Shahzod Shaymanov, 59), Ivan Solovev (Ayubxon No‘'monov, 76), Azizbek Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan.

Superliga 24-turidan keyingi turnir jadvalidagi holat:

Ko‘proq yangiliklar: