Bundesliga. Peshqadam kutilmaganda yutqazdi, «Bavariya» unga yaqinlashib oldi

Sport 21:40 / 23.11.2019 3939

Germaniya chempionatida 12-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

Peshqadamlik qilayotgan Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi kutilmaganda «Union»ga yutqazib qo‘ydi. Safarda yirik hisobda g‘alaba qozongan «Bavariya» bundan foydalanib, oradagi masofani 1 ochkoga qisqartirdi.     

«Shalke» «Verder»ni yengib, 4-o‘ringa chiqib oldi. «Frayburg» mehmonda «Bayyer» bilan ochkolarni bo‘lishdi.

Chempionat jadvalida «Borussiya Myonxengladbax» 25 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bavariya»da 24, «Frayburg» va «Shalke»da 22 ochko bor.

s, 12-tur
23 noyabr

Fortuna – Bavariya 0:4 (0:3, 0:1)
Gollar
: 0:1 – 11 Pavar, 0:2 – 27 Tolisso, 0:3 – 34 Gnabri, 0:4 – 70 Koutino. 
Fortuna – Steffen, Ayxan, Gisselmann, Adams, Tsimmermann, Fink (Zuttner, 66), Bodzek, Morales, Tommi (Tsimmer, 87), Kovnatski (Zobottka, 79), Xennings.
Bavariya – Noyyer, Kimmix (Goretska, 76), Pavar, Alaba, Gnabri (Perishich, 63), Martines, Koutino, Devis, Tolisso (Alkantara, 71), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Martines (22), Xennings (36).

Verder – Shalke 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar
: 0:1 – 43 Xarit, 0:2 – 53 Raman, 1:2 – 80 Osako. 

Ayntraxt F – Volfsburg 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar
: 0:1 – 19 Vegorst, 0:2 – 65 Joao Viktor. 

Bayyer – Frayburg 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar
: 0:1 – 5 Xeler, 1:1 – 36 Diabi. 

Union Berlin – Borussiya M 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar
: 1:0 – 15 Uja, 2:0 – 90 Andersson.

Ko‘proq yangiliklar: