O‘zbekistonda valuta bozori bo‘yicha yangi strategiya qabul qilinadi

Iqtisodiyot 07:44 / 22.11.2019 37272

O‘zbekistonda valuta bozorini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bu haqda 2020 yilda inflatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta'minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilishicha, bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilinadi:

ayirboshlash kursini belgilashda banklarning faol ishtiroki orqali ularning bozordagi faolligini rag‘batlantirish;

derivativlar bozori, xedjirlash instrumentlari va market-meykerlar institutini rivojlantirish;

banklararo valuta savdolarining joriy “fiksing” usulidan uzluksiz auksion savdolari “metching” usuliga o‘tish.

Markaziy bank 2020 yil davomida bu boradagi ishlarni bajarishi shartligi belgilab qo‘yildi.

Bundan oldin, xorijliklarga O‘zbekiston moliya bozoriga kirishga ruxsat berilishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: