Konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalari ro‘yxati tasdiqlandi 

Iqtisodiyot 10:41 / 22.11.2019 4564

Ularning to‘liq ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Mamlakatning konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari kiradi. Konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
 
Tasdiqlangan ro‘yxatda:

• Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi;
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma;
• Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
• Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
• Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;
• Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi;
• Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi;
• Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
• Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi;
• Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
• Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi;
• Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi;
• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;
• Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
• O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi;
• Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi;
• Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi;
• “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi.
 
2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari g‘aznachilik ijrosi bilan to‘liq qamrab olinadi. Moliya vazirligiga bir oy muddatda davlat maqsadli jamg‘armalarining hisobot shakllarini xalqaro moliya institutlarining talablariga muvofiq keltirish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: