Aholini ro‘yxatga olishga doir qonun qabul qilindi

O‘zbekiston 01:27 / 22.11.2019 6354

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21 noyabrda o‘tkazilgan majlisida «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonun uchinchi o‘qishda qabul qilindi va ma'qullash uchun Senatga yuboriladigan bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, ro‘yxatga olish orqali aholining muayyan davrdagi «fotosurati» yaratiladi. Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab, o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr-mulohaza yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, qator holatlarda aholini ro‘yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar olishning yagona manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mustaqillik yillaridagi ilk ro‘yxatga olish tadbirlari 2022 yil kuziga belgilangan. Ayni jarayonda uylarning ham ro‘yxati tuziladi.

Ko‘proq yangiliklar: