MSK: vafot etgan shaxs deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olingani haqidagi ma'lumot tasdiqlanmadi

O‘zbekiston 08:32 / 21.11.2019 4606

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vafot etgan shaxs deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma'lumot tasdiqlanmaganini xabar qildi.

Qayd etilishicha, MSK 20 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, bir necha yil oldin vafot etgan shaxsni deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi taxminiy xabarlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi.

Markaziy saylov komissiyasining ma'lum qilishicha, ushbu ma'lumot tasdiqlanmadi.

Bundan oldin, Markaziy saylov komissiyasi bir necha yil oldin vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma'lumot yuzasidan tekshiruv boshlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: