Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari ma'lum qilindi 

O‘zbekiston 22:54 / 20.11.2019 63761

Ta'kidlanishicha, 2019 yilda poytaxning barcha tumanlaridan Yashnobod tumanida azot dioksidining me'yoridan eng ko‘p – 2,5 barobar oshishi qayd qilingan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari qatorida Chilonzor va Mirobod tumanlari ham qayd qilib o‘tilgan. 

Nishonovning ta'kidlashicha, Toshkentning havosi eng kam ifloslangan tumanlari Yakkasaroy va Qibray tumanlari hisoblanadi.

Avvalroq «O‘zgidromet»da havoni qaysi moddalar ko‘proq ifloslantirishi o‘rganib chiqilgandi. Aniqlanishicha, bunday moddalarga asosan chang, uglerod oksidi, azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va ammiak kiradi.  

Ko‘proq yangiliklar: