Jahon mamlakatlarining fuqarolik reytingi e'lon qilindi

Jahon 17:50 / 20.11.2019 14893

Groningen universitetining fuqarolik va migratsion huquqlar bo‘yicha eksperti Dimitriy Kochenov va Henley & Partners konsalting firmasi raisi Kristian Kalin navbatdagi jahon mamlakatlarining fuqarolik reytingini e'lon qildi.

Fuqarolik reytingini tuzishda mamlakat iqtisodiyotining hajmi, inson salohiyati rivojlanishi darajasi, mamlakatdagi jamoat tartibi va barqarorlik, mamlakat fuqarosining vizasiz nechta davlatga kira olishi, mamlakat fuqarosining nechta davlatda erkin yashay va ishlay olishi kabi omillar hisobga olingan.

Ekspertlar Fransiyani reyting yetakchisi deb topishdi. Bu mamlakat fuqaroligi sifati 83,5 foiz deb baholandi. Undan keyingi o‘rinlarda Germaniya va Niderlandiya joylashdi (82,8 foiz).

Ulardan tashqari, Daniya (81,7 foiz), Norvegiya va Shvetsiya (81,5 foiz), Islandiya (81,4 foiz), Finlyandiya (81,2 foiz), Italiya (80,7 foiz), Buyuk Britaniya (80,3 foiz), Irlandiya (80,2 foiz) va Ispaniya (80 foiz) yuqori o‘rinlarga loyiq deb topildi.

O‘zbekiston 29,3 foiz ko‘rsatkich bilan 109-o‘rinda joylashdi. Yaqin qo‘shnilarimiz – Qozog‘iston 84-o‘rin (35,7 foiz), Qirg‘iziston 102-o‘rin (30,6 foiz), Tojikiston 114-o‘rin (27,9 foiz) va Turkmaniston 122-o‘rindan (26,7 foiz) joy oldi.

Fuqarolik sifati eng past deb Somali (13,8 foiz, 159-o‘rin), Afg‘oniston (15,4 foiz, 158-o‘rin) va Janubiy Sudan (15,9 foiz, 157o‘rin) topildi.

Ko‘proq yangiliklar: