Dunyodagi eng kam rivojlangan davlatlar ma'lum qilindi 

Jahon 20:16 / 20.11.2019 36006

YuNKTAD vakili Shantal Karpentening ta'kidlashicha, hisobotni tuzishda uchta mezon e'tiborga olinadi: aholi jon boshiga daromad (yiliga 1230 dollardan kam bo‘lsa), inson resurslari va iqtisodiyotning zaifligi. 

Ro‘yxatga 47 ta davlat kiritilgan. Unga asosan Afrika davlatlari, jumladan, Angola, Benin, Burkina-Faso, Burundi, MAR, Chad, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti, Eritreya, Efiopiya, Gambiya, Madagaskar, Mali, Sudan, Janubiy Sudan, Uganda, Zambiya va boshqa davlatlar kirgan. Shuningdek, ro‘yxatga Okeaniyaning Kiribati, Tuvalu, Vanuatu, Solomon orollari kabi orol davlatlari, Osiyoning Afg‘oniston, Bangladesh, Kamboja, Laos, Myanma, Nepal, Yaman va Butan kabi davlatlari kirgan.

BMT hisobot asosida va Barqaror rivojlanish maqsadlariga amal qilib, ushbu davlatlar rahbariyatlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Hisobot tuzilishi tarixi davomida uni bor-yo‘g‘i 5 ta davlatgina tark etishga muvaffaq bo‘lgan, bular: Botsvana, Kabo-Verde, Ekvatorial Gvineya, Maldiv orollari va Samoa.

Ko‘proq yangiliklar: