«Buxoro-Palas» sotilishidan tushgan 665 mln so‘m hokimlik maxsus hisob raqamiga yo‘naltiriladi

Iqtisodiyot 14:16 / 20.11.2019 7593

“Buxoro-Palas” mehmonxona majmuasining sotilishidan tushgan mablag‘ qisman maqsadli yo‘naltiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, quyidagilar:

“Buxoro-Palas” davlat unitar korxonasiga qarashli bo‘lgan  Mehmonxona majmuasi bino va inshootlari 2017 yil 20 dekabrda auksion savdosi natijasida 27,5 mlrd. so‘mga hech qanday qarzdorlik majburiyatlari yuklanmasdan “Wide Tent System” aksiyadorlik jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasiga sotilgan;

“Wide Tent System” aksiyadorlik jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan 2019 yil 30 sentyabr holatida bitim shartlariga ko‘ra 15,8 mlrd. so‘m mablag‘ to‘langan;

O‘zbekiston Respublikasi vakolatli sudlarining 2012-2019 yillardagi qarorlariga muvofiq “Buxoro-Palas” mehmonxona majmuasidan jami 665 977 159 so‘m qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro hujjatlari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi istisno tariqasida “Buxoro-Palas” mehmonxona majmuasi bino va inshootlarini sotilishidan Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga tushgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli sudlarining qarorlariga asosan undiruvga qaratilgan ijro hujjatlariga muvofiq 665 977 159 so‘m mablag‘ni Buxoro viloyati hokimligi maxsus hisob raqamiga yo‘naltiradi.

Buxoro viloyati hokimligi (O‘.Barnoyev) “Buxoro-Palas” davlat unitar korxonasining qarzdorligini qoplash maqsadida maxsus hisob raqami ochilishini va jamlangan mablag‘lar hisobidan sud qarorlarining undiruvga qaratilgan ijro hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda qarzdorlikni qoplanishini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: