Birja: bir kilogramm oltin sotildi

Iqtisodiyot 10:50 / 20.11.2019 51103

2019 yil 11 - 17 noyabr kunlari "O‘zRTXB"da o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib bordi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3572,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi, va shundan 3090,6 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,2 foizga pasaydi va bir tonnasi uchun 6223,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Oltinning narxi kichik pasayishni ko‘rsatmoqda, so‘nggi savdo haftasida shakllangan birja kotirovkasi 1,5 foizga pasayib, 1 gr oltin uchun 446,5 ming so‘mni tashkil etdi. Haftalik savdo natijalariga ko‘ra O‘zRTXB da 446,5 mln so‘mlik 1000 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnashdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 13,2 mlrd so‘mlik 4568,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 11,7 foizga ko‘tarilib, bir tonna uchun 2900,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Birjada paxta tolasi uchun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 1,4 foizga o‘sib, bir tonna uchun 14,9 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,3 mln so‘mdan 13,0 mln so‘mgacha bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: