AQSh Saudiya Arabistonidagi qo‘shinlar sonini oshiradi 

Jahon 08:18 / 20.11.2019 6687

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Saudiya Arabistoniga qo‘shimcha qo‘shin yuborishini ma'lum qildi.  

Trampning ta'kidlashicha, qo‘shinning bir qismi Saudiya Arabistoniga yetib kelgan. Podshohlikdagi amerikalik harbiylar sonini 3 minggacha oshirish mo‘ljallangan.

AQSh prezidentining aytishicha, harbiylar Saudiya Arabistonidagi neft obektlarini himoya qilishadi va u yerda qancha zarur bo‘lsa, shuncha vaqt qolishadi.

14 sentyabrda Saudiya Arabistonining ikkita neft obektiga dronlar bilan zarba berilishi oqibatida ularda yong‘in chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: