30 yil davomida tamaki chekkan odamning o‘pkasi ko‘rsatildi (video)

Light 20:55 / 20.11.2019 33737

Ushbu o‘pka videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqab, 25 mlndan ko‘proq namoyish to‘plagan. Foydalanuvchilar videoni “ barcha zamonlarning tamakiga qarshi eng yaxshi reklamasi” deb atashgan. 

Ushbu o‘pka 52 yoshli erkakka tegishli bo‘lib, u o‘z organlarini boshqalarga xayriya qilgan. U o‘limigacha kompyuter tomografiyasidan o‘tmagan, shu sababli jarrohlar uning o‘pkasi qanday holatdaligini uni chiqarib olishgandan keyingina bilishgan. Aniqlanishicha, o‘pka ko‘chirib o‘tkazish uchun mutlaqo yaroqsiz holatda bo‘lgan. Videoda o‘pka qora qatron bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.

“Mamlakatdagi aksariyat tamaki chekuvchilarning o‘pkalari shunday ko‘rinishdadir. Bunga bir qarang, bundan keyin ham tamaki chekishga jur'at eta olasizmi?”, deb yozgan shifokorlardan biri.

Ko‘proq yangiliklar: