Turkiya Suriyadagi harbiy amaliyotni qayta boshlash bilan tahdid qildi

Jahon 08:36 / 19.11.2019 8639

Agar Moskva va Vashington Suriya bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasa, Turkiya kurd otryadlariga qarshi harbiy amaliyotini qayta boshlashi mumkin. Bunday tahdid bilan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu chiqdi, deb xabar berdi Yeni Safak nashri.   

Chovusho‘g‘luning ta'kidlashicha, Turkiya AQSh va Rossiya bilan erishilgan kelishuvlarning o‘ziga tegishli qismini bajargan. Biroq Moskva va Vashington o‘z majburiyatlarini bajarmayapti. “Agar biz natija ko‘rmasak, unda AQSh bilan kelishishga urinishdan keyin boshlaganimizdek, amaliyotni qayta boshlaymiz”, deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri.   

“Suriyadagi qurollangan kurd otryadlariga qarshi “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti 9 oktyabrda boshlangan edi. 17 oktyabrda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralardan keyin Anqara amaliyotni 120 soatga to‘xtatishga va kurd tuzilmalarining xavfsizlik hududidan olib ketilishini kutishga rozi bo‘lgan. Biroq bu kelishuv ertasi kuniyoq buzilgan.  

Amaliyot 22 oktyabrda Erdo‘g‘an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Suriya shimolidagi xavfsizlik hududini birgalikda patrullash haqida erishilgan kelishuvdan keyin yakunlangandi. 

Ko‘proq yangiliklar: