Toshkentda qaysi kasb egalariga talab katta ekani ma'lum qilindi 

Jamiyat 22:40 / 19.11.2019 97831

Unga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtida ta'lim, arxitektura, ekologiya sohasidagi mutaxassislar hamda buxgalterlarga talab katta ekan.

Bog‘cha tarbiyachilari

Ushbu mutaxassislik bo‘yicha malakali xodimlar yetishmasligi ayniqsa davlat bolalar bog‘chalarida yaqqol seziladi.

O‘qituvchilar

O‘qituvchilar bilan bog‘liq muammo davlat maktablarida kuzatilmoqda. Maktablarda o‘z fanidan sifatli va qiziqarli dars beruvchi o‘qituvchilar yetishmaydi. 

Zamonaviy yondashuvga ega arxitektorlar

Aksariyat toshkentliklarning ta'kidlashicha, poytaxtda bir xil ko‘rinishdagi fasadlar ko‘p uchraydi. Bunga bir nechta omil sabab bo‘lib, ular orasida arxitektorlar bilimi pastligi, tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan loyihalarda kreativlik yetishmasligi bor.

Shahar muhitini rejalashtirish bo‘yicha mutaxassislar

Avtoturargohlar yo‘qligi, kengaytirishning imkoni yo‘q tor ko‘chalar, maktab va bolalar bochg‘alaridan olisda qurilgan turar-joylar – bularning barchasi Toshkentni odamlar uchun qulay qiladigan “qahramonlar”ni talab qiladi.

Chiqindilarni qayta ishlash va xavfsiz utillashtirish bo‘yicha mutaxassislar

Toshkentliklar ko‘chalar va havoni tozaroq qilishga imkon beruvchi ekoloyihalar zarurligini aytib kelishadi. Buning uchun uquvli mutaxassislar yetishmaydi.

Suvni tozalash bo‘yicha mutaxassis

Bu kasbga katta talab Toshkentda suvni biologik tozalash bilan bog‘liq muammolar bilan shartlangan.

Buxgalterlar

Buxgalterlarga katta talab qonunchilikda tez-tez o‘zgarishlar yuz berib turishi bilan bog‘langan. Ta'kidlanishicha, poytaxtda malakali, mas'uliyatli va ishida zamonaviy kompyuter dasturlarini qo‘llay oladigan buxgalterlarga katta ehtiyoj seziladi.

Ko‘proq yangiliklar: