Sud Julian Assanjni ozod qilishni rad etdi

Jahon 01:39 / 19.11.2019 6002

Londondagi magistrat sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni ekstraditsiya qilish ishi bo‘yicha yangi yig‘ilish o‘tkazdi. Sudya Assanjga garov evaziga ozodlikka chiqish shartlarini buzgani uchun hibsga olinishini bekor qilishni rad etgan.

Yig‘ilish bor-yo‘g‘i 4 daqiqa davom etgan va Assanj unda Belmarsh turmasidan videoaloqa orqali ishtirok etgan.

Ta'kidlanishicha, dekabrda ushbu ish bo‘yicha yana ikkita sud yig‘ilishi o‘tkazilishi belgilangan.

WikiLeaks sayti AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy jinoyatlari bo‘yicha informator Chelsi Menning taqdim qilgan hujjatlarni e'lon qilgani uchun Assanjga AQShga ekstraditsiya qilinish va u yerda ko‘p yillik qamoq jazosi olish xavf solmoqda. Assanj, shuningdek, Shvetsiyada zo‘rlash ishi bo‘yicha qidiruvga berilgan. U bir necha yil Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashirinib yurgan, biroq aprelda rasmiy Kito jurnalistni himoya qilishdan bosh tortgach, Britaniya politsiyasiga topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: