Malida jangarilar hujumi oqibatida 24 harbiy halok bo‘ldi

Jahon 07:43 / 19.11.2019 5016

Mali sharqida jangarilarning mamlakat qurolli kuchlari patruliga hujum qilishi oqibatida 24 harbiy halok bo‘ldi, 29 nafari yaralandi.   

Ma'lum qilinishicha, voqea Mali va Niger “chegarada terrorchilarni” topish bo‘yicha Tongo Tongo deb nomlangan amaliyot o‘tkazishi vaqtida yuz bergan.

Ushbu amaliyot davomida malilik harbiylar hujumga uchragan. Mali harbiylari 17 terrorchi yo‘q qilingani, ularning nigerlik hamkasblari “50 ga yaqin gumonlanuvchini ushlashgani”ni ma'lum qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: