Denov kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi - Prezident qarori loyihasi

O‘zbekiston 11:01 / 19.11.2019 7499

Surxondaryo viloyati Denov tumanini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi:

2020-2022 yillarda Denov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;

2020-2022 yillarda Denov tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2020-2022 yillarda Denov tumanida yo‘l-transport infratuzilmasi va aholiga avtotransport xizmatlari ko‘rsatish tizimini, ichimlik suvi va oqova suv ta'minotini, elektr energiya ta'minoti tizimini, tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar;

2020-2022 yillarda Denov tumanida maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, sog‘liqni saqlash, kasb-hunar kollejlarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish yangi bino inshootlar qurish va boshqa turdagi ijtimoiy soha obektlari holatini yaxshilash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;

2020-2022 yillarda Denov tumanida irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini yaxshilash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;

2020-2022 yillarda Denov tumanida qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘p qavatli uy-joylarni ta'mirlash, hududlarini obodonlashtirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;

2020-2022 yillarda Denov tumani markazidan sanoat korxonalari obektlarini ko‘chirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;

Denov tumani hududidan tuman markazi hududiga o‘tkazilayotgan yer maydonlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Quyidagilarni Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish;

yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish;

aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;

sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlash darajasini oshirish ishlarini jadal rivojlantirish;

tumanning me'moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Denov shahriga kirish qismida qurilayotgan yangi bozor atrofida tirbandlikning oldini olish maqsadida bosh rejaga asosan 4R-100g davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li va M-41 “Bishkek-Termiz- Dushanbe” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurilishini 2020 yil yakuniga kadar to‘liq bitkazilishi hamda foydalanishga topshirilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mazkur yo‘l o‘tkazgich qurilishini 2020 yilgi Investitsiya dasturiga kiritilishini va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta'minlaydi.

Bosh vazir o‘rinbosari A.A.Abduhakimov, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Yer resurslari va kadastr qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi:

Denov tumanidagi “Said-Otaliq” tarixiy yodgorlik obektini to‘liq tiklash va mukammal ta'mirlash ishlarini 2020-2021 yillarda to‘liq amalga oshirilishiga;

tuman markazida joylashgan “Imom Al- Buxoriy” markaziy jome masjidining shahar markazida joylashganligi bois markaziy ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelayotganligini inobatga olgan holda, tumandagi Amir Temur SIU Lochin mahallasi hududida yangi markaziy masjid binosi qurilishiga rozilik beriladi.

Qurilish vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi birgalikda tuman markazidan ko‘chirilgan yirik sanoat korxonalarining yer maydoni va bino inshootlari o‘rnida 7, 9 va 12 qavatli uy joylarning qurilishi, shahar hududida zamonaviy infratuzulma obektlari va mehmonxonalarning tashkil etilishini ta'minlaydi.

Surxondaryo viloyati hokimligi 2020 yilning I choragi yakuniga qadar Denov tumani “Namozgoh” mahallasida qurilayotgan Savdo kompleksi qurilishining tugallanishini va tuman markazida joylashgan Dehqon bozori hamda buyum bozorlarining ko‘chirilishini ta'minlaydi.

Moliya vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda tuman markazida joylashgan Dehqon bozorining ko‘chirilishi va o‘rnidan “Saylgoh hamda aholi dam olish maskanlari” barpo etilishini ko‘zda tutgan holda bozor atrofida joylashgan obektlarning buzilishida zarur bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari uchun pul mablag‘larining mahalliy budjet hisobidan ajratilishini ta'minlaydi. Yetishmagan qismiga respublika budjeti hisobidan ssuda ajratilishi nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qurilish vazirligi, Yer resurslari va kadastr qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi tumanning Namozgoh mahallasida joylashgan “Buyuk ipak yo‘li” MChJ ga qarashli mashina bozorini joylashuvi jihatidan 4R-108v, 4R-100g va M-41 avtomobil yo‘llarida tirbandliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘layotganligi bois, Bog‘i Eram mahallasi hududiga ko‘chirilishga rozilik bildiriladi hamda o‘rnidan yangi zamonaviy tipdagi tumanlararo “Avtoshohbekat” barpo etilishini ta'minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: