Bahorgacha peshqadamlik imkoniyati. Osiyoda bugun qanday o‘yinlar o‘tkaziladi?

Sport 12:32 / 19.11.2019 10324

Bugun, 19 noyabr kuni Osiyo bo‘ylab JCh-2022ning saralash bosqichi doirasidagi 6-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Ikkinchi davraning dastlabki turi barcha guruhlardagi peshqadamlik va 2-o‘rin uchun kurash olib borayotgan terma jamoalar uchun juda muhim.

“A” guruhida yaqqol peshqadam bo‘lib olgan Suriya terma jamoasi bugun Filippin terma jamoasi ustidan g‘alabaga erishib, ochkolar sonini 15 taga yetkazsa, amalda hal qiluvchi bosqich bahslariga yo‘llanma olishi mumkin.

“D” guruhidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham Falastin bilan o‘yinda g‘alaba qozonsa, kamida bahorgacha guruh peshqadami sifatida qoladi.                      

“F” guruhida Markaziy Osiyo derbisi kuzatiladi. Qo‘shni mamlakatlar – Qirg‘iziston hamda Tojikiston o‘zaro Bishkekda uchrashishadi. Ikki jamoa uchun ham muhim bo‘lgan o‘yinda guruhda 2-o‘rin masalasiga oydinlik kiritilsa, ajabmas.

 Ushbu turda Xitoy, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, BAA va Janubiy Koreya singari kuchli terma jamoalar dam olishadi. 

 JCh-2022. Saralash. Osiyo. 6-tur.
19 noyabr (seshanba)

“A” guruhi
16:00. Maldiv – Guam
19:00. Suriya – Filippin

“B” guruhi
14:00. Nepal – Kuvayt
21:00. Iordaniya – Xitoy Taypeyi

“C” guruhi
17:00. Gonkong – Kambodja
19:00. Iroq – Bahrayn

“D” guruhi
17:00. O‘zbekiston – Falastin
20:00. Yaman – Singapur

 “E” guruhi
19:00. Afg‘oniston – Qatar
20:00. Ummon – Hindiston

 “F” guruhi
17:00. Myanma – Mo‘g‘uliston
19:00. Qirg‘iziston - Tojikiston

 “G” guruhi
17:45. Malayziya – Indoneziya
18:00. Vetnam – Tailand

 “H” guruhi
16:00. Turkmaniston – Shri-Lanka
22:00. Livan – Shimoliy Koreya

Ko‘proq yangiliklar: