AQShdagi supermarketda sodir bo‘lgan otishmada uch kishi halok bo‘ldi

Jahon 01:20 / 19.11.2019 5734

AQShning Oklaxoma shtatidagi Dunkan shahrida joylashgan Walmart do‘konida sodir bo‘lgan otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, jinoyatchining o‘zi ham otishma chog‘ida o‘ldirilgan. Shuningdek, yaralanganlar borligi aytilmoqda.

«Barcha muassasalar va o‘quvchilarni himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rmoqdamiz. Hozirda barcha maktablar yopilgan», — dedi shahar politsiyasi vakili. 
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.

17 noyabr kuni Kaliforniya shtatidagi Fresno shahrida oilaviy bayram chog‘ida sodir etilgan otishma natijasida to‘rt kishi halok bo‘lgani va olti kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: