Yevro-2020 saralashi. Fransiya safarda Albaniyani mag‘lub etdi, Andorra o‘z maydonida Turkiyadan yengildi

Sport 03:05 / 18.11.2019 5457

Yevro-2020 saralash bosqichi 10-turi doirasida H guruhining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

Albaniya maydoniga safar qilgan Fransiya terma jamoasi Tolisso hamda Grizmanning goli evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Moldova o‘z uyida Islandiyani qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

Turkiya esa safarda Andorra ustidan g‘alabaga erishdi – 0:2

Albaniya – Fransiya 0:2
Gollar: 0:1 – 8 Tolisso, 0:2 – 31 Grizmann.
Albaniya – Berisha, Lenyani (Roshi, 46), Veseli, Xyusay (Trashi, 82), Kose (Memushay, 46), Bare, Gyasula, Gimshiti, Dermaku, Balay, Manay.
Fransiya – Mandanda, Mendi (Din, 75), Varan, Langle, Dyubua (Pavar, 88), Tolisso, Sissoko, Kimpembe, Jiru, Ben-Yyedder (Fekir, 85), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Xyusay (20), Langle (26).

Moldova – Islandiya 1:2
Gollar: 0:1 – 17 Byarnason, 1:1 – 56 Milinchanu, 1:2 – 65 Sigurdsson.

Andorra – Turkiya 0:2
Gollar: 0:1 – 17 Unal, 0:2 – 21, penalti Unal.

Ko‘proq yangiliklar: