Vadim Abramov: «G‘alaba qozonib, muxlislar oldidagi qarzni qaytarishimiz shart»

Sport 16:36 / 18.11.2019 19203

Ertaga, 19 noyabr kuni JCh-2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z maydonida Falastin bilan bahs yuritadi. O‘yin 17:00da «Paxtakor» stadionida boshlanadi. 

Bugun ushbu o‘yindan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

«Muhim o‘yin kutib turibdi. G‘alabaga erishishimiz shart. Vazifa o‘zgarishsiz qolgan, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimiz bor. G‘alaba qozonib, qolgan o‘yinlarga xotirjam tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz.

Futbolchilar – professional. Ularda psixologik jihatdan muammo yo‘q. Falastinga dastlabki o‘yinda yutqazganmiz. Futbolchilar g‘alaba qozonib, muxlislar oldida qarzni qaytarishlari shart.

Hujum qilgan jamoa gol ham o‘tkazadi. Hujumga o‘tganda himoyada bo‘sh hududlar paydo bo‘ladi. Saudiyaga qarshi o‘yinda o‘tkazib yuborgan gollarimiz mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmadi. Endi bunday xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.

Falastin oddiy futbol o‘ynaydi. Asosan bo‘ydor futbolchilarga to‘p uzatishadi. Ertangi o‘yinda Krimetsni tushirmoqchi edik, ammo u shamollab qoldi.

Legionerlarni mahalliylashtirishga qarshiligim yo‘q. Muhimi, o‘sha futbolchi milliy jamoa uchun foyda keltirsin. Hozirda bunday legionerlar bor – Igor Golban va Dragan Cheran», – deb Abramovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz mubiri.

Ko‘proq yangiliklar: