Tatariston prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Jahon 23:20 / 18.11.2019 11431

Noyabr oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekistonga ishchi tashrif amalga oshiradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga iqtibos keltirgan holda “Realnoye vremya” nashri ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi dasturining asosiy bandi ikki respublika ishbilarmon doiralarining biznes-forumida ishtirok etish bo‘ladi. Tadbir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududlari va Tatariston bilan ikki tomonlama kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. 

Shuningdek, Minnixanov tashrif davomida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va bir qator vazirliklar va boshqarmalar rahbarlari bilan uchrashadi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida hamkorlik haqida bir nechta kelishuv amal qiladi. 2018 yilda respublikalar o‘rtasidagi tovar aylanmasi 57 foizga o‘sib, 146 mln dollarni tashkil qilgan. O‘zbekistonda Tataristonning “KamAZ”, “TAIF”, “KMPO”, “Pozis”, “Tatneft” va boshqa korxonalari loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.

Fevralda O‘zbekiston Transport vaziri Ochilboy Ramatov Tatariston prezidenti bilan Qozondagi uchrashuvda O‘zbekiston joriy yilda Tatariston bilan tovar aylanmasini 2018 yilga nisbatan 80 foizga oshirmoqchiligini aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: