O‘zbekistonda saylovoldi tashviqotiga start berildi

O‘zbekiston 22:18 / 18.11.2019 7359

O‘zbekistonda 18 noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligining Telegram-kanalida ma'lum qilindi.    

Oktabr boshida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, bo‘sh efir vaqti siyosiy partiyalar va nomzodlar tomonidan ommaviy debatlar, matbuot-anjumanlar, intervyular, saylovchilar bilan uchrashuvlar va chiqishlar uchun foydalanilishi mumkin.

Saylovlarga bir kun qolganda va saylovlar kuni tashviqotga ruxsat berilmaydi.

Navbatdagi parlament saylovlari 22 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Ularda ishtirok etishga 5 ta siyosiy partiya qo‘yilgan, ular: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi, “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi. 

Ko‘proq yangiliklar: