Bog‘chalardagi tibbiyot xodimlari qayta tayyorlanadi

O‘zbekiston 12:23 / 18.11.2019 5675

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘rtasida maktabgacha ta'lim tizimida sog‘liqni saqlash xizmatlarini ko‘rsatish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandumga ko‘ra, endilikda, ta'lim bilan bir qatorda bolalarni sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish, kasalliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, va eng asosiysi maktabgacha ta'lim tizimida sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatini oshirishda institut bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Memorandumga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlarini belgilab olindi:

maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar salomatligini ta'minlash sohasidagi dastur materiallarini ishlab chiqishda ishtirok etish, maktabgacha ta'lim muassasalarida xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlari uchun olingan mahsulotlarni baholashga qaratilgan talab va mezonlarni ishlab chiqish, bog‘chadagi hamshiralar uchun masofaviy ta'limni joriy yetish, elektron kontent yaratish;

maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni sog‘lomlashtirish va bu sohada qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

Shuningdek, mazkur memorandumga asosan maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan davlat dasturlar va normativ huquqiy hujjat loyihalarni ishlab chiqish, joriy etiladigan yangi texnologiyalar ustida tadqiqot va sinov ishlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Ko‘proq yangiliklar: