Benzin ishlab chiqarish kamaydi

O‘zbekiston 09:36 / 18.11.2019 14682

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-oktabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi.

Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 966,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 839,5 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018 yilda 900,1 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 839,2 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-oktabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (624,3 ming tonna) qisqartirdi - 584,1 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar-oktabr oylarida tabiiy gaz qazib olish qariyb 49,3 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (49,8 milliard kub metr).

2019 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 1,73 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (1,77 million tonna).

Ko‘proq yangiliklar: