AQSh Misrga Rossiya samolyotlarini sotib oladigan bo‘lsa sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi

Jahon 18:43 / 18.11.2019 14840

Bu haqda AQSh davlat kotibining harbiy-siyosiy ishlar bo‘yicha yordamchisi Klark Kuper ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qiruvchi samolyotlarini sotib olish kelgusida Misrning Amerika qurilmalarini sotib olish imkoniyatini ham shubha ostida qoldiradi. 

Kuper shuningdek, Vashington Qohirani Rossiya bilan kelishuv tuzish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirganini aytdi.

Avvalroq Wall Street Journal Pentagon va davlat departamenti qo‘shma maktubda Misr hukumatini Rossiyaning Su-35 samolyotlarini sotib oladigan bo‘lsa cheklov choralari joriy etilishi haqida ogohlantirganini yozgandi.

Ko‘proq yangiliklar: