2020 yilda sayohatlar uchun eng xavfli va eng xavfsiz davlatlar ma'lum qilindi 

Light 19:36 / 18.11.2019 13890

Xaritani tuzishda uchta asosiy mezon: xavfsizlik sohasidagi vaziyat, tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari va yo‘l harakati xavfsizligi inobatga olingan. 

Uchta mezon bo‘yicha sayohatlar uchun eng xavfli davlatlar Afg‘oniston, Venesuela, Liviya va Somali deb tan olingan. Eng xavfsiz davlatlar sifatida Skandinaviya davlatlari, jumladan Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya va Shvetsiya aytilgan.

Mutaxassislar turli kasalliklar yuqtirish xavfi yuqori davlatlar sirasiga Afrika davlatlari, jumladan, Niger, Liberiya, Gvineya, Serra-Leone, Janubiy Sudan, Eritreya va Markaziy Afrika Respublikasini kiritishgan. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash darajasi juda past davlatlar qatoriga Yaman, Suriya va Shimoliy Koreya kiritilgan. Tibbiyot tomondan  eng xavfsiz davlatlar sifatida Yevropa davlatlari, Kanada, AQSh, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiya keltirilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi nuqtai nazaridan Afrika davlatlaridan tashqari, Venesuela, Beliz, Dominikan Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Tailand va Vetnam eng xavfli davlatlar hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: