Eronda milliy xavfsizlik kengashi buyrug‘i bilan internet o‘chirib qo‘yildi

Jahon 15:53 / 17.11.2019 9922

Eronda internet mamlakat milliy xavfsizlik oliy kengashi farmoyishi bilan o‘chirildi. Bu haqda Eron aloqa vazirligi vakili ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "vazirlik Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi buyrug‘iga muvofiq internetni o‘chirib qo‘ygan.

Vazirlik vakilining aytishicha, "internet yana ishlashi uchun oliy kengashning farmoyishi kerak bo‘ladi".

Al Arabiya telekanali va boshqa qator arab OAVning ma'lum qilishicha, Eron hukumati benzin narxi oshishiga qarshi namoyishlar sababli mamlakatda internetni o‘chirib qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: