Eron aviakompaniyasi dekabr oyidan Toshkentga parvozlarni boshlaydi

Jahon 21:28 / 17.11.2019 6267

Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuviga muvofiq joriy yilning dekabr oyidan Zagros Airlines aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. 

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga bir martadan parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik parvozlar chastotasi haftasiga 2 martaga yetkaziladi.  

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi «O‘zaviatsiya» agentligi Eron aviakompaniyasiga "Tehron-Toshkent-Tehron" yo‘nalishida reyslarni amalga oshirish uchun ekspluatatsiya ruxsatnomasini bergandi.

Zagros Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni Airbus A-320, McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlarida amalga oshiradi.

Eron aviakompaniyasi bosh qarorgohi Tehronda joylashgan bo‘lib, u Obodon aeroportidan parvozlar bajaradi.

Ko‘proq yangiliklar: