Epsilon «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda gaz o‘tkazish quvvatlarini oshirmoqda

O‘zbekiston 12:05 / 17.11.2019 5976

17 noyabr holatiga ko‘ra 13,1 ming tn quvurlar (80,7 km) keltirish uchun yuklandi; 9,2 ming tn. quvurlar (56 km) keltirildi; 15,4 km xandaqlar kavlandi; 16,2 km quvurlar qatorga payvandlandi, 1,4 km quvurlar yotqizildi.

O‘tgan kunlar davomida qo‘shimcha:

  • 2,6 km quvurlar qatorga payvandlandi;
  • 1 km xandaqlar kavlandi;
  • 1,4 ming tn. quvurlar keltirish uchun yuklandi.

Kompaniya 21 noyabrdan boshlab gaz o‘tkazish bo‘yicha qurilish ishlari sur'atini kuniga 4 km lik marraga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya qurilish ishlarining borishi haqida ma'lumot yetkazishda davom etadi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: