Belgiyalik futbolchi 10 daqiqa boshqa futbolchi kiyimida to‘p surdi

Sport 08:10 / 17.11.2019 13438

2020 yilgi Yevropa chempionatining Rossiya va Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi saralash uchrashuvida belgiyalik futbolchi Dedrik Boyata 10 daqiqaga yaqin o‘z jamoadoshi kiyimida to‘p surdi. Bu haqda RT nashri xabar berdi. 

Himoyachi uchrashuvning 2-bo‘limida o‘yinga tushishi vaqtida yanglish tarzda jamoadoshi Mishi Batshuayining futbolkasini kiyib olgan. Batshuayining o‘zi esa bu vaqtda zaxira o‘rindig‘ida bo‘lgan. Boyata shu alfozda 10 daqiqacha to‘p surgach, xato payqalib, u o‘z familiyasi tushirilgan futbolkani kiyib olgan. 

Sankt-Peterburgdagi “Gazprom-Arena”da o‘tgan o‘yin belgiyaliklarning 1:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv natijasidan qat'iy nazar, ikkala jamoa ham avvalroq Yevropa chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani o‘ziga kafolatlab qo‘ygandi.

Ko‘proq yangiliklar: