AQSh prezidenti salomatligi «a'lo» darajada ekanini ma'lum qildi 

Jahon 23:50 / 17.11.2019 6157

AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan har yillik tibbiy ko‘rikdan barvaqt o‘tishga qaror qildi. Ko‘rik vaqtida uning salomatligi bilan jiddiy muammolar aniqlanmadi. Bu haqda Trampning o‘zi tvitterda ma'lum qilgan.

AQSh prezidentining ta'kidlashicha, u 2020 yilgi prezident saylovlari munosabati bilan fevralda o‘ta band bo‘lishi uchun har yillik ko‘rikning 1-bosqichidan ertaroq o‘tishga qaror qilgan. 

Trampning aytishicha, ko‘rik uning sog‘lig‘i yaxshi, hattoki “a'lo” darajada ekanini ko‘rsatgan, biroq ba'zi tekshiruvlar keyingi yilga qolgan.

“Har yil o‘tadigan tibbiy ko‘rikning 1-bosqichini boshladim. Hammasi yaxshi (a'lo)! Uni keyingi yil tugataman”, deb yozgan Tramp.

Tramp ko‘rikdan Merilend shtatidagi Uolter Rid nomidagi gospitalda o‘tgan. 

Ko‘proq yangiliklar: