Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Jahon 14:20 / 17.11.2019 9521

17 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:36da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, zilzila 190 km chuqurlikda yuz bergan va magnitudasi 4,1 ballni tashkil etgan. 

O‘zbekiston hududida zilzila kuchi sezilmaganligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, bir kun ilgari ham 16 noyabr kuni soat 11:23da Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida 4,7 balli zilzila sodir bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: