Yevro-2020 saralashi. Bugun Germaniya, Niderlandiya, Xorvatiya muhim o‘yinlarini o‘tkazadi

Sport 12:07 / 16.11.2019 5067

«Ko‘hna qit'a»da Yevro-2020 saralash bosqich uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Bugun yana 4 ta guruhda jamoalar muhim bahslarda maydonga tushishadi.

Jumladan, «S» guruhida qo‘shhokimlikni yuzaga keltirgan Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari guruhdagi muhim o‘yinlarini o‘tkazishadi. Ronald Kuman jamoasi safarda Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushsa, nemislar o‘z maydonlarida Belarus terma jamoasini qabul qilishadi.

«E» guruhida Garet Beyl yetakchiligidagi Uels Ozarbayjonga safar qilsa, guruh peshqadami Xorvatiya o‘z maydonida Slovakiyani qabul qiladi.

«G» guruhida yo‘llanmaga ega chiqib bo‘lgan Levandovski sardorligidagi Polsha Isroilga safar qiladi. Avstriya – Makedoniya, Sloveniya – Latviya o‘yinlari ham bor.

«I» guruhida Yevro-2020 yo‘llanmasi taqdirini hal qilgan Rossiya va Belgiya terma jamoasi o‘zaro uchrashuvda maydonga tushishadi. Kipr – Shotlandiya, San-Marino – Qozog‘iston o‘yinlari ham bor.

9-tur. «S» guruhi. 16 noyabr

00:45. Germaniya - Belarus

0:45. Sh.Irlandiya - Gollandiya

 9-tur. «E» guruhi. 16 noyabr

22:00. Ozarbayjon - Uels

00:45. Xorvatiya - Slovakiya

 9-tur. «G» guruhi. 16 noyabr

20:00. Sloveniya - Latviya

22:45. Isroil - Polsha

22:45. Avstriya – Makedoniya

 9-tur. «I» guruhi. 16 noyabr

19:00. Kipr - Shotlandiya

22:00. Rossiya - Belgiya

22:00. San-Marino – Qozog‘iston

Ko‘proq yangiliklar: