Sunnatilla Bekenov: «Davlat ishtirokidagi korxonalar samaradorligini faqat kapital bozori baholay oladi»

Iqtisodiyot 16:26 / 16.11.2019 4035

15 noyabr kuni Toshkentda «O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojida kapital bozorining o‘rni» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya davomida so‘zgan chiqqan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sunnatilla Bekenov kapital bozorining ahamiyati, davlat korxonalarining xususiylashtirilishi haqida ma’lumot berdi.

«Hozirda o‘ta faol investitsion siyosat olib borilyapti. Davlat muassasalari davlat rahbari tomonidan yuklanayotgan topshiriqlardan kelib chiqib,  investitsion mablag‘larga extiyoj sezyapti.  Tabiiy holda bu kompaniyalardagi boshqaruv orqali kapital bozorida ishtirok etish, aksiya,  obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilishni kapital bozori vositasida kuchaytiramiz.

Oziq-ovqat, tekstil, qurilish materiallari va boshqa sohalarda raqobat yetarli darajada rivojlangan va davlat boshqaruvida qolish zaruriyati bo‘lmagan korxonalardan chiqishni ko‘zda tutyapmiz.

Hatto muayyan strategik yirik korxonalar – neft-gaz, tog‘-kon metallurgiyasi sohalarida yaqin yillarda davlat rolining yuqori bo‘lishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa ham, tashqi investorlar,  aksiyadorlarni jalb etish orqali davlat korxonalaridagi menejyerlarning qanchalik samarali ishlayotganiga baho beramiz. Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati samaradorligini faqat kapital bozori baholay oladi», – degan Bekenovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: