Qashqadaryo viloyatidagi rahbarlar safida yana o‘zgarish ro‘y berdi

O‘zbekiston 21:10 / 16.11.2019 76080

Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasiga oid rahbariyatda o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari A.Sodiqov ma'lum qildi.

Boymirov Obloyor Sobirovich

Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Boymirov Obloyar Sobirovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Oqboyev Farhod Berdiyevich

Shuningdek, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Oqboyev Farhod Berdiyevich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Haydarov G‘anisher Ahmadovich

Farxod Oqboyev o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qashqadaryo viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Haydarov G‘anisher Ahmadovich egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: