Qarshi davlat universitetida Rossiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta'lim markazi ochildi

O‘zbekiston 20:00 / 16.11.2019 10248

Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Markazning tantanali ochilish marosimiga Belgorod davlat universiteti rektori Oleg Poluxin boshchiligida universitet delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Qo‘shma ta'lim markazi 5 ta o‘quv va 1 ta o‘qituvchilar xonasidan iborat bo‘lib, auditoriyalar til o‘rganish uchun barcha zarur o‘quv qo‘llanmalari: darsliklar, elektron lug‘atlar, ko‘rgazmali qurollar, audio va video materiallar mavjud.

Ushbu ta'lim markazida abituriyentlar, talabalar, universitet xodimlari va aholi vakillari rus tilini o‘rganishlari, rus adabiyoti, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishishlari mumkin. Markazda pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha onlayn kurslar ham olib boriladi.

QarDU rektori B.Shoimqulov rossiyalik hamkasbi bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qildi. Muzokaralarda hamkorlikda qo‘shma fakultet ochish, Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishlarida qo‘shma dastur imzolashga kelishib olishdi.

Uchrashuv yakunida Belgorod davlat universiteti rektori, professor Oleg Poluxinga Qarshi davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi.

Ko‘proq yangiliklar: