Yevro-2020 saralashi. Yana 4ta terma jamoa turnirga yo‘llanma oldi

Sport 03:25 / 15.11.2019 12578

Yevro-2020 saralash bosqichi 9-turi doirasida navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

Angliya o‘z maydonida Chernogoriya terma jamoasini qabul qilib, javobsiz 7ta gol urdi. Portugaliya terma jamoasi ham o‘z uyida Litva darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi. 

Fransiya terma jamoasi o‘z uyida Moldova ustida qiyin g‘alabaga erishdi – 2:1. Turkiya o‘z maydonida Islandiya bilan golsiz durangga imzo chekdi, Chexiya Kosovoni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu natijalardan keyin Angliya, Fransiya, Turkiya va Chexiya terma jamoalari muddatidan avval 2020 yilgi Yevropa chempionati yo‘llanmasini hal qilishdi. Bungacha Rossiya, Belgiya, Italiya, Polsha, Ispaniya va Ukraina terma jamoalari ham turnirdagi ishtirokini ta'minlashgandi va ayni vaqtga kelib turnirning 24 ishtirokchisidan 10tasining nomi aniq bo‘ldi.

Angliya – Chernogoriya 7:0
Gollar: 1:0 – 11 Oksleyd-Chemberlen, 2:0 – 18 Keyn, 3:0 – 24 Keyn, 4:0 – 30 Reshford, 5:0 – 37 Keyn, 6:0 – 66, avtogol Shofranats, 7:0 – 84 Abraxam.
Angliya – Pikford, Aleksander-Arnold, Maguayr, Chiluell, Stounz, Uinks, Oksleyd-Chemberlen (Meddison, 56), Maunt (Gomes, 70), Sancho, Keyn (Abraxam, 57), Reshford.
Chernogoriya – Miyatovich, Veshovich, Simich, Radunovich (Raspopovich, 46), Lagator, Xochko, Vukchevich, Yovovich (Yankovich, 65), Xakshabanovich (Bolevich, 74), Shofranats, Bechiray.
Ogohlantirishlar: Veshovich (33), Reshford (33).

Portugaliya – Litva 6:0
Gollar: 1:0 – 7, penalti Ronaldu, 2:0 – 22 Ronaldu, 3:0 – 52 Pitssi, 4:0 – 56 Pasiyensiya, 5:0 – 63 Bernardu Silva, 6:0 – 65 Ronaldu.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Fonte, Ruben Diash, Rikardu Pereyra, Mariu Ruy, Brunu Fernandesh (Moutinyu, 72), Pitssi, Ruben Nevesh, Bernardu Silva (Bruma, 66), Ronaldu (Diogu Jota, 83), Pasiyensiya.
Litva – Shetkus, Palenis, Girdvaynis, Andryushkyavichyus, Shimkus, Mikolyunas, Slivka, Kuklis (Matulyavichyus, 57), Chernyx (Kazlauskas, 81), Golubitskas (Lasitskas, 72), Novikovas.
Ogohlantirishlar: Palenis (27), Mikolyunas (80).

Fransiya – Moldova 2:1
Gollar: 0:1 – 9 Ratsa, 1:1 – 35 Varan, 2:1 – 79, penalti Jiru.
Fransiya – Mandanda, Langle, Varan, Din, Pavar, Tolisso, Kante, Koman (Lemar, 88), Jiru, Grizmann, Mbappe.
Moldova – Koshelev, Armash, Foksha, Jardan (Graur, 68), Posmak, Ionitse, Kochuk, Ratsa (Petrash, 81), Karp, Gynsar (Milinchanu, 74), Pletike.
Ogohlantirishlar: Ratsa (34), Foksha (38), Jardan (54), Din (73), Posmak (77).

Serbiya – Lyuksemburg 3:2
Gollar: 1:0 – 11 Mitrovich, 2:0 – 43 Mitrovich, 2:1 – 54 Rodrigesh, 3:1 – 70 Radonich, 3:2 – 75 Tyurpel.

Turkiya – Islandiya 0:0

Chexiya – Kosovo 2:1
Gollar: 0:1 – 50 Nuxiu, 1:1 – 71 Kral, 2:1 – 79 Chelyustka.

Albaniya – Andorra 2:2
Gollar: 1:0 – 6 Balay, 1:1 – 18 Martines, 1:2 – 48 Martines, 2:2 – 55 Manay.

Ko‘proq yangiliklar: