Toshkentda 29 noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 17:42 / 15.11.2019 10774

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 29 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma'lum qildi.

Bugun 15 noyabr kuni Toshkentda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Vazirlar, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladi.

"Hurmatli hamkasblar! Uchrashuvimiz arafasida ekspertlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 29 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan maslahatlashuv uchrashuviga sermahsul tayyorgarlik ko‘rishdi", - dedi Komilov.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018 yil martda Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: