Ruslan Chagayev Rossiyada murabbiylik faoliyatini boshladi

Sport 15:12 / 15.11.2019 14870

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev Rossiyada murabbiylik faoliyatini davom ettirish niyatida.

«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Butunjahon boks uyushmasi (WBA) talqini bo‘yicha sobiq jahon chempioni, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ruslan Chagayev rossiyalik bokschi qiz Fotima Dudiyevaga «Nokaut qirollari» boks shousida murabbiylik qiladi.

Fotima Dudiyeva 14 noyabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan pley-off turnirida polshalik Dorota Norekni mag‘lubiyatga uchratdi.

«O‘ylashimcha, murabbiylik faoliyatimni davom ettiraman. Bu mening ishim ekanligini angladim. Bu menga zavq bag‘ishlamoqda», - dedi Chagayev.

Ruslan Chagayev ko‘zi bilan bog‘liq muammolar tufayli 2016 yilning oktyabrida professional ringni tark etgandi.

«Oq Tayson» laqabli Chagayev 38ta professional jang o‘tkazgan va ularning 34tasida g‘alaba qozongan. U raqiblarini 21 marta nokautga uchratgan.

So‘nggi yillarda Ruslan Chagayev Germaniyaning Hamburg shahrida yashab, mashg‘ulot olib bordi.

Ko‘proq yangiliklar: