Qishloq xo‘jaligi vazirligi: «Meva-sabzavotlar to‘liq quvvat bilan qayta ishlanmayapti»

Iqtisodiyot 21:00 / 15.11.2019 5427

O‘zbekistonda meva va sabzavotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan korxonalar umumiy hosilning 40 foizini qayta ishlash quvvatiga ega. Ammo, shunga qaramay, ular to‘liq quvvatda ishlamayapti. Umumiy hosilning faqatgina 15 foizdan ko‘prog‘i qayta ishlanyapti.

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev 15 noyabr kuni Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining navbatdagi majlisida bergan hisobotida ma'lum qildi.

«Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilish uchun potensial yuqori bo‘lsa ham, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Bu prezident boshchiligida bo‘lib o‘tgan selektorda ham ta'kidlangan edi. Meva-sabzavot eksporti bo‘yicha jahon bozorida O‘zbekistonning ulushi 1 foizga ham yetmaydi», ─ degan Teshayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti qiymatini 2020 yilda 2,5 mlrd dollar, keyingi 3 yilda 5 mlrd dollar, 2030 yilga qadar esa 20 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Qo‘mita majlisida ma'lum qilinishicha, qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasiga muvofiq, foydalanishdan chiqqan jami 59,4 ming gektar yer (42,7 ming gektar sug‘oriladigan ekin yerlari, 16,7 ming gektar lalmi yerlar) foydalanishga qaytarilgan.

Past hosilli paxta va g‘alladan qisqargan, lalmi va adirlik maydonlarida, yaroqsiz bog‘ va tokzorlar hududida 31,2 ming gektar intensiv bog‘lar, 24,1 ming gektar tokzor, 568 gektar issiqxona barpo etilgan 

Ko‘proq yangiliklar: