Livanning yangi bosh vaziri 75 yoshli sobiq moliya vaziri bo‘ladi 

Jahon 07:49 / 15.11.2019 2916

Livan siyosiy kuchlari yangi bosh vazir nomzodi bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Unga ko‘ra, yangi bosh vazir sobiq moliya vaziri Muhammad Safadiy bo‘ladi. Bu haqda LBCI telekanali xabar berdi.   

“Mustaqbol partiyasi”, “Ozod vatanparvarlik harakati”, “Amal” va “Hizbulloh” harakatlari bu haqda kelishuvga erishganlar.

75 yoshli Safadiy Livanda turli vazirliklarni boshqargan, 2011 yildan 2014 yilgacha Najib Miqatiy hukumatida moliya vaziri bo‘lgan.

Livanda 17 oktyabrdan WhatsApp kabi ilovalardan foydalanganlik uchun hamda tamaki mahsulotlariga soliq joriy etilishi e'lon qilinganidan so‘ng hukumatga qarshi namoyishlar boshlanib ketgandi. Oqibatda bnaklar, davlat muassasalari, universitetlar va maktablar ishlashdan to‘xtagandi. 29 oktyabrda sobiq bosh vazir Saad Haririy xalqqa telemurojaat qilib o‘z iste'fosi va hukumatning tarqatilganini e'lon qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: