Ustyurt hududida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Quyi Surgil konida №15 raqamli quduq ishga tushirildi. «ERIELL Group» kompaniyasi uzunligi 670 m, diametri 108×6 mm bo‘lgan gaz quvurini shleyfi qurilishini bajardi. Quduq burg‘ilandi va Quyi Surgil gaz yig‘ish punktiga ulandi.
Burg‘ilash ishlari 2017-2021 yillar uchun mo‘ljallangan uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha amalga oshirildi.
«Barcha ishlar rejaga muvofiq olib borildi. Natijada mutaxassislarimiz №15 raqamli quduqqa gaz o‘tkazish quvurini gaz yig‘ish punktiga muvaffaqiyatli uladilar» – deya izohladilar «ERIELL Group» burg‘ilash departamentida.
– Barcha ishlar belgilangan muddatlarda tugallandi va bu buyutmachilar uchun juda muhim. Bunga loyihaga jalb qilingan xodimlarning hamjihatlikda ishlashi va barcha reglamentlarga qat'iy amal qilinishi tufayli erishildi, - qo‘shimcha qilindi Departament tomonidan.
Oldin xabar berilganidek, 6 noyabr kuni Quyi Surgil konidagi №15 raqamli quduqdan sutkasiga 1 mln kubometr gaz qazib olingandi.
«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati