15 noyabr holatiga ko‘ra 1,4 km quvurlar yotqizildi; 11,2 km quvurlar qatorga payvandlandi; 13,6 km xandaqlar kavlandi; 7,9 ming tn quvurlar keltirildi (48 km); 11,7 ming tn. quvurlar keltirish uchun yuklandi (72,2 km).
O‘tgan kunlar davomida qo‘shimcha 1,8 km quvurlar qatorga payvandlandi, shuningdek 1,6 km xandaqlar kavlandi.
Kuz-qish mavsumida aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, uni qayta ishlashga yetkazib berish maqsadida ikkita ikki qatorli magistral gaz o‘tkazuvchi quvurlarini ulash ishlari boshlangan edi: «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz NGQChB» (67 km) hamda «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km).
Kompaniya bu boradagi ishlar xaqida ma'lumot yetkazishni davom ettiradi.
Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati