Vadim Abramov: «Raqibning gollari mantiqiy bo‘lmadi»

Sport 19:44 / 14.11.2019 27266

«Futbol ba'zan mana shunday omadsiz bo‘ladi. Muxlislardan uzr so‘rayman, bugun g‘alaba qozonishni juda xohlagandik. Hayot davom etadi, hali «jang qilish»da davom etamiz.

Eldor o‘yinni yaxshi o‘tkazdi. Uni almashtirmay balki xato qilgandirman, hissiyot bilan xato qaror chiqargan bo‘lishim mumkin. Birinchi bo‘limda xato sabab gol o‘tkazib yubordik. Buni qo‘pol xato deya olmayman, penalti bo‘lgan vaziyatni ko‘rish kerak.

Odilning himoyada o‘ynagani xato bo‘lmadi. Biz tez to‘pni yo‘qotdik va yarim himoyada ko‘p xato bo‘ldi. Markaziy himoyada bo‘yi past futbolchilar o‘ynamoqda? Siz Krimets o‘ynamadi demoqchimisiz? Bilasizmi, uning bo‘yi baland, lekin tezligi yaxshi emas. Biz o‘z maydonimizda hujum qilishimiz kerak edi va bu taktikada qarshi hujumlar bo‘lishi aniq edi.

Ikkinchi bo‘limda raqibda aytarli vaziyatlar bo‘lmadi, shunchaki gol vaqtida ular imkoniyatdan foydalanishdi. Raqibning gollari mantiqiy bo‘ldi deb o‘ylamayman. Hisob tenglashganidan so‘ng yigitlar uchinchi golni urishni juda xohlashdi va shu bois xato qildik.

Raqib 4 ta himoyachi bilan himoyalanayotgandi, futbolchilar muxlislarning olqishi bilan oldinga borishdi va ko‘p xato qilishdi. Men markazni tartibga keltirish uchun Hamrobekovni tushirdim, ammo yo‘q joydan ikkita gol o‘tkazib yubordik»,— deb murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: