U kosmosdan ko‘rinadimi? Buyuk Xitoy devori haqidagi afsonalar

Light 18:45 / 14.11.2019 39155

Buyuk Xitoy devori dunyodagi eng ko‘p dovrug‘ taratgan yodgorlik hisoblanadi va har yili yer yuzining turli o‘lkalaridan millionlab mehmonlarni o‘ziga jalb qiladi. Xitoy shimoli bo‘ylab cho‘zilgan ulkan istehkomlar muhandislik g‘oyalari g‘alabasidir. Devordan dastlabki maqsad Xitoy hududlarini ko‘chmanchi qabilalardan himoyalash bo‘lgan, ammo chegaradagi tartibni saqlash maqsadida Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab bojxona ombori sifatida ham foydalanilgan.

Devorning qurilishi ikki ming yildan ortiqroq vaqt davom etgan, aynan shuning uchun ham u qiziqarli tarixga boy. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Sin sulolasi hukmronligi davrida olib borilgan dastlabki qurilish ishlariga Xitoy aholisining 70 foizi jalb qilingan.

Keling, Xitoyning ushbu diqqatga sazovor maskani aynan nimasi bilan o‘ziga xosligiga va u qanchalar ulkanligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritamiz. 

U bir butun emas

«Buyuk Xitoy devori» nomining o‘zi tasavvurimizda uzluksiz devor chizig‘ini gavdalantiradi, ammo unday emas. Aslida yaxlit yodgorlik sifatida shuhrat qozongan inshoot turli sulolalar tomonidan qurilgan istehkomlar tizimidir. Ushbu devorlarning aksariyati bir-biriga aslida parallel joylashgan. Bundan tashqari, ushbu istehkomlarning barchasi ham haqiqiy devorlarni o‘z ichiga olmaydi. Xandaqlar va daryo, do‘nglik singari tabiiy to‘siqlar ham ko‘pincha obektning bir qismi deb hisoblanadi.

Biz hozir ko‘rib turganimiz nisbatan kech qurilgan

Inshoot qurilishi miloddan avvalgi VII asrda boshlanib, qadimgi Xitoy hududidagi turli davlatlar tomonidan amalga oshirilgan. Xitoyning birinchi imperatori Sin Shixuandi o‘zining miloddan avvalgi III asrga to‘g‘ri keluvchi hukmronligi davrida inshoot qismlarini birlashtirishni boshlagan. Biroq, dastlabki qurilgan devorlarning deyarli barcha qismi vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi. U yastangan 21 196 kilometrdan deyarli yarmi Min sulolasi tomonidan qurilgan. Hukmdorlar 1368-1644 yillarda ko‘chmanchi mo‘g‘ul qabilalari shimoldan bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun istehkom qurdirishgan.

Rasmiy sharhga ko‘ra, Min sulolasi 8 850 kilometr masofada ajoyib yodgorlik qurgan, uning 6 259 kilometri haqiqiy devorni o‘z ichiga oladi. Aynan shu hudud bugungi kunda eng ko‘p tashrif buyuriluvchi maskanlardan biridir. Badalin, Mutianyu va Jinshanling - har yili millionlab sayyohlarni jalb qiladigan Pekin yaqinidagi yaxshi saqlanib qolgan joylar bo‘lib, Badaling va Jinshanling eramizning XVI asrida butunlay yangidan qurilgan. Badaling, shuningdek, rasmiy davlat tashriflari uchun tanlangan joy bo‘lib, jumladan AQSh prezidenti Richard Niksonning 1972 yilda Xitoyga qilgan tarixiy tashrifi uchun ham xizmat qilgan.

Sekin-asta ko‘zdan yo‘qolish

Buyuk Xitoy devori 15 xil mintaqadan o‘tadi. Bu kabi juda katta kenglikkka yastangan yodgorlikni ushlab turish juda qiyin jarayonligini tasavvur qilish mumkin va afsuski, bu haqiqatan ham shunday. Ming sulolasi tuzilmalari halokatli holatda deb tashlab ketilganidan so‘ng, ularning 30 foizi yo‘q bo‘lib ketgani aytiladi. 2014 yilgi hisobotda keltirilishicha, yodgorlikning 10 foizidan kamrog‘i «yaxshi holatda» deb tasniflanishi mumkin.

Afsuski, qadimiy tuzilma nafaqat tabiiy unsurlar tomonidan yo‘q qilinadi. Odamlar ham salbiy zarar yetkazishda davom etayotgani achinarli. Qishloq joylaridagi ba'zi hududlar yerlarni o‘zlashtirishga imkon berishi uchun yo‘q qilinmoqda yoki qurilish materiallari ishlab chiqarishda namoyish etilmoqda. Turistlar turli parchalarni o‘g‘rilashlari ham yangilik emas.

U kosmosdan ko‘rinmaydi

Devor haqidagi mashhur afsonalardan biri uni kosmosdan turib oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkinligi haqida. Bu afsona 1938 yilda paydo bo‘lgan. Haqiqiy kosmonavtlar bunday emasligini bir necha bor tasdiqlashgan. Buyuk Xitoy devori hatto Yerning quyi orbitasida ham ko‘zga tashlanmaydi. Obekt ko‘rinmasligining asosiy sabablaridan biri uning tabiiy muhit bilan birlashib ketgan qurilish materiallaridir.

Ko‘proq yangiliklar: