Turkiyaning S-400dan voz kechishini talab qilishga AQShning haqqi yo‘q - Erdo‘g‘an

Jahon 19:13 / 14.11.2019 14431

AQShning S-400 tizimlaridan voz kechishni talab qilishi Turkiyaning suveren huquqlari buzilishidir, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha.

"Biz S-400dan butkul voz kechish talabini to‘g‘ri deb hisoblamaymiz. S-400dan butunlay voz kechish va Patriot tizimiga o‘tishning imkoni yo‘q. Biz Patriot sotib olishimiz mumkinligini aytdik, lekin uni sotib olib S-400dan voz kecha olmaymiz. AQSh bizning suveren huquqimiz evaziga o‘z hisob-kitobini qilmoqda", - dedi Erdo‘g‘an.

Iyul oyi o‘rtalarida Rossiya Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmualarini yetkazib berishni boshladi. 

Vashington Turkiyadan ushbu kelishuvni bekor qilishni va uning o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni talab qildi hamda sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi. Anqara bu talabga bo‘ysunmadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: