Turkiya Suriyada harbiy baza qurishni boshladi

Jahon 19:20 / 14.11.2019 10521

Turkiya Suriyaning shimolida, Ras al-Ayn shahri yaqinida harbiy baza qurishni boshladi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi. 

“Turkiya kuchlari Ras al-Ayndan janubda joylashgan Al-Havas qishlog‘ida harbiy baza qurishni boshlamoqda”, deyilgan xabarda.

Baza Turkiya bilan chegarada, “Tinchlik bulog‘i” harbiy amaliyoti o‘tkazilgan hududda qurilmoqda. Ayni vaqtda Turkiya harbiy amaliyotini to‘xtatgan.

Ko‘proq yangiliklar: